
Uyushma haqida
O'zbekiston O'quv Markazlari Uyushmasi
Uyushma haqida
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan yoshlar uchrashuvi doirasida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, xususiy o‘quv markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “O‘zbekiston O‘quv Markazlar Uyishmasi” tashkil etildi.
Uyushma maqsadi
Respublika bo‘ylab nodavlat qo‘shimcha ta’lim bozorini tizimli rivojlantirish, o‘quv markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular o‘rtasida samarali hamkorlik, ochiqlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantir ish, ularning manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish, ularning davlat grantlari va imtiyozlaridan foydalanishiga ko‘maklashishhamda ta’lim sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tashkilot hisoblanadi.
Uyushma vazifasi
Nodavlat qo‘shimcha ta’lim bilan shugʻullanuvchi subyektlarni birlashtirish va ularning manfaatlarini himoya qilish.
· qo‘shimcha ta’lim xizmatlari sifati, mazmuni va samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona yondashuv, standart va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishga ko‘maklashish;
· markazlarning muammolari, takliflari va ehtiyojlarini yig‘ib, ularni davlat organlariga yetkazish;
· nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlari o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
· nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlari o‘quvchilari o‘rtasida olimpiada, musobaqa va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
Davlat grantlari va imtiyozlaridan foydalanishiga ko‘maklashish.
· nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlari uchun mavjud davlat dasturlari va subsidiyalar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish;
· markazlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, grantlar va soliq imtiyozlariga ariza topshirishda ko‘maklashish;
· davlat bilan samarali muloqot orqali markazlar manfaatlarini himoya qilish va imtiyozlarni kengaytirish;
· yoshlarni, ayniqsa ishsiz va ijtimoiy ehtiyojmand qatlam vakillarini talab yuqori bo‘lgan ilm-fan, kasb va xorijiy tillarga o‘qitish uchun qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda davlat organlari, ta’lim muassasalari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish.
Samarali muloqot va professional hamjamiyatni rivojlantirish.
· o‘quv markazlari rahbarlari va pedagog kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli tashabbuslarni amalga oshirish;
· ikkilamchi ta’lim sohasida yagona professional standartlar va kodekslarni ishlab chiqish;
· respublika bo‘ylab xususiy markazlar faoliyatini kuzatish va ularning sifatini oshirishga ko‘maklashish.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va metodik yordam ko‘rsatish.
· o‘quv markazlarida zamonaviy ta’lim dasturlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim yechimlarini joriy etish, shuningdek ilg‘or xorijiy tajriba va amaliyotlarni o‘rganish va tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash;
· yangi o‘quv texnologiyalari va ta’lim platformalarini joriy qilish orqali markazlarning ta’lim sifatini oshirish;
· o‘quv markazlari rahbarlari va pedagog kadrlarining kasbiy salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli tashabbuslarni amalga oshirish.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
· xorijiy ta’lim markazlari va uyushmalar bilan hamkorlik o‘rnatish;
· markazlarning tajribasini global standartlarga moslashtirish va xalqaro grantlar hamda loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini yaratish;
· xorijiy davlatlardagi o‘quv markaz va uyushmalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish;
· nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlarining yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilari Uyushma mablag‘lari hisobidan xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga amaliyotga yuborish.
Monitoring va hisobot tizimini yaratish.
· O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlarining reytingi”ni amalga oshirish.
Reytingda baholash mezonlari sifatida quyidagilar:
· ta’lim oluvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar (xalqaro yoki milliy darajadagi sertifikatni olish)ning ta’lim oluvchilar soniga nisbati;
· ijtimoiy mas’uliyati (“Ijtimoiy reyestr”ga kirgan oilalarning farzandlariga bepul ta’lim berish darajasi);
· reyting natijalari har 6 oyda avtomatik tarzda axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida aniqlanadi hamda “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimida jamoatchilik uchun ochiq tarzda e’lon qilib boriladi;
· reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari subyektlari tegishli hududlarda Migratsiya agentligining moslashish dasturlari asosida fuqarolarni til va kasblarga o‘qitishga jalb qilinadi;
· hamkorlikdagi markazlar faoliyatini tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tashkilot qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
Uyushma Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda O‘quv markazlari uyushmasi konferensiyasini hamda tajriba almashish forumini o‘tkazib borish.


