Hero-Bg

A'zolik shartlari

O'zbekiston O'quv Markazlari Uyushmasi

A'zolik Shartlari

Uyishmaga quyidagi talablarga javob beradigan o‘quv markazlari a’zo bo‘lishi mumkin:
- belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi;
- nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lishi;
- kamida 10 (o‘n) nafar o‘qituvchiga ega bo‘lishi;
- o‘qituvchilarining kamida 50 foizi “C1” darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi;
- Assotsiatsiya Ustavini tan olishi va uning maqsad hamda vazifalarini qo‘llab-quvvatlashi.

A’zolik ixtiyoriylik, teng huquqlilik va o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bitta o‘quv markazi Uyishmaga bitta a’zolik huquqiga ega bo‘ladi.

A’zolikka qabul qilish tartibi

  • A’zolikka qabul qilish Uyishma Boshqaruvi qarori asosida amalga oshiriladi.

  • A’zolikka qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    - belgilangan shakldagi ariza;
    - davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
    - ustav nusxasi;
    - o‘qituvchilar ro‘yxati va ularning xalqaro sertifikatlari nusxalari;
    - STIR va bank rekvizitlari;
    - rahbarning pasport nusxasi.

  • Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

  • Qaror qabul qilinganidan so‘ng 3 ish kuni ichida yozma ravishda arizachiga xabar beriladi.

  • Kirish badali to‘langan kundan boshlab a’zolik kuchga kiradi.

A’zolarning huquqlari


Uyushma a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

  • Uyushma tadbirlari, yig‘ilishlari, seminarlari, ko‘rgazmalari va loyihalarida faol qatnashish huquqiga ega.

  • a’zolar Uyushma rahbar organlariga yozma va og‘zaki ariza, taklif va mulohazalar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

  • takliflar Uyushma faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.

  • a’zolar Uyushmaning ustav, qarorlar, moliyaviy hisobotlar va tadbirlar rejasi bilan tanishish huquqiga ega.

  • moliyaviy va tashkiliy axborot Uyushma tomonidan so‘ralgan vaqtda, belgilangan tartibda taqdim etiladi.

  • a’zolar Uyushma Boshqaruvi va boshqa rahbar organlarini saylashda va ularning faoliyatini baholashda ovoz berish huquqiga ega;

  • a’zolar xohishi bo‘lganda o‘z arizasi asosida a’zolikdan chiqish huquqiga ega;

  • agar a’zolik bekor qilingan bo‘lsa va a’zo bu qarordan norozi bo‘lsa, u Uyushma rahbar organiga yozma shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

A’zolarning majburiyatlari

Uyushma a’zosi Uyushma Nizomi, ichki tartib-qoidalari va boshqaruv organlari qarorlariga qat’iy rioya etishi shart;

  • belgilangan tartibda va muddatlarda a’zolik badallarini to‘liq to‘lashi;

  • badal to‘lovlarini asossiz ravishda kechiktirish yoki to‘lamaslik a’zolik huquqining vaqtincha to‘xtatilishiga yoki bekor qilinishiga asos bo‘lishi mumkin;

  • tadbirlar, seminarlar, loyihalar va ko‘rgazmalarda qatnashish;

  • Uyushma obro‘sini oshirish, shaxsiy manfaatni ustun qo‘ymaslik;

  • so‘ralgan ma’lumotlarni to‘liq va haqiqatga mos berish;

  • majburiyat buzilgan taqdirda ogohlantirish, vaqtincha to‘xtatish yoki a’zolikni bekor qilish mumkin.

A'zolik badali turlari

Uyishma a’zolari quyidagi turdagi a’zolik badallarini to‘laydilar:
- Kirish badali (bir martalik);
- Yillik a’zolik badali (yiliga bir marta);
- Oylik a’zolik badali (har oyning 10 sanasiga qadar);
- Premium / Hamkor a’zolik;
- Maqsadli badallar (ixtiyoriy, loyihalar uchun).

Asosiy Hamkorlarimiz

Logo-01
Logo-02

Asosiy Hamkorlarimiz

Logo-01
Logo-02
Logo-01
Logo-02

Asosiy Hamkorlarimiz

Logo-01
Logo-02